Xorazmda shifokorlar majburan yaganaga chiqarilmoqda
Xorazm viloyati Yangiariq tumani tibbiyot birlashmasining xodimlari g‘o‘za yaganasiga safarbar etilgan. Birlashma xodimlarining Ozodlikka aytishicha, dalaga chiqishga qarshilik bildirganlar ishdan haydash bilan qo‘rqitilmoqda. Birlashmaning Ozodlik bog‘langan mulozimi esa xodimlarni yaganaga chiqishga hech kim majburlamayotgani, ular o‘z ixtiyori bilan ko‘ngilli chiqishayotganini aytdi.