O‘g‘li qiynab o‘ldirilganini iddao qilgan ona prezident qabuliga borayotganda hibsga olindi
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limida 33 yashar o‘g‘li qiynab o‘ldirilgani va asosiy aybdorlar jazodan qutulib qolayotganidan shikoyat qilgan surxondaryolik ona Karomat Qodirova 19 iyun kuni prezident devonidagi kelishilgan uchrashuvga borayotgan paytda, Darband postida to‘xtatib qolindi.