"O‘zbekipaksanoat" bir yilda ikki marta pilla yetishtirmoqchi
"O‘zbekipaksanoat" rahbari bir yilda ikki marta pilla yetishtirish rejalanayotganini ma’lum qildi. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari mamlakatning tog‘ oldi, salqin hududlarida bu rejani bajarish mumkinligini aytmoqda. Ayrim fermerlar O‘zbekiston iqlimida bu imkonsiz, demoqda.