OzodDayjest: Vazirlik o‘qituvchilar ko‘cha tozalab, metallolom yig‘ayotganini tan oldi
Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari bundan buyon o‘qituvchilar hasharga jalb qilinmasligini aytmoqda. Davlat tilini bilmaganlarni ishga qabul qilmaslik taklif etildi. Rossiyada melisaga pora berishga uringan o‘zbekistonlik Buxoroda javobgarlikka tortildi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.