Fermerning o‘ziga qolgan bug‘doyini o‘rish uchun hokimlar kombayn bermayapti
Jizzax viloyati Zafarobod tumani hokimi fermerlarning rejadan ortgan bug‘doyini o‘rib olishini taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Ozodlikka bo‘lgan shikoyatlar rostligini tasdiqlagan hokimlik rasmiysi, bunday qarorning hosil mavsumida kombaynlar yetishmasligi bilan bog‘liqligini iddao qildi.