Milliy bankdan 1,5 mlrd talab qilayotgan “Rustambank” ochlikni to‘xtatishini aytdi
19 yillik qamoqdan joriy yilning 14 fevralida ozod qilingan andijonlik Rustam Usmonov 7 iyul kuni e’lon qilgan ochlik aktsiyasini 10 iyul kuni noma’lum muddatga to‘xtatganini bildirdi. O‘zbekistondagi ilk xususiy bank –“Rustambank” muassisi, agar O‘zbekiston Milliy banki uning talablarini bajarmasa, yana ochlik e’lon qilmoqchi.