Tillerson va Poroshenko Moskvani kelishuvga amal qilishga chaqirdi
AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Kievda Ukraina prezidenti Petro Poroshenko bilan muzokaralar o‘tkazdi. Prezident Poroshenko Tillersonning safari AQSh Ukrainani qo‘llayotganiga "kuchli" ishoratdir, dedi. AQSh Davlat kotibi esa Ukraina hududiy yaxlitligi tiklangunga qadar Rossiyaga nisbatan sanksiya saqlanishini bildirdi.