World News in Uzbek

Qurultoy: Qamalganlarning yaqinlari «tavqi la’nat»dan qutuldimi?

Bundan buyon yosh kadrlarni tanlashda ularning yaqinlari sudlangani to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ahmiyat qaratilmaydi.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoev 12 iyulda o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Ozodlikning Qurultoy eshittirishi qatnashchilari O‘zbekiston prezidentining 12 iyul kuni aytgan “20 yil davomida shunaqa tizim yaratdikki, yaxshi-yaxshi kadrlarni “otasi qamalgan”, “akasi qamalgan”, degan vajlar bilan boshqaruvga yaqin yo‘latmadik. Barcha o‘zi uchun javob bersin. Ota o‘zi uchun, bola o‘zi uchun, aka o‘zi uchun. Endi vatanparvar bo‘lsa, tashabbuskor bo‘lsa, boshqaruvga jalb qilamiz”, degan gaplarini mamlakatdagi nohaq qamalganlarni reablitatsiya qilish yo‘lidagi ilk qadam deyishdi.

Читайте на сайте