Qayta ish boshlagan “Abu Saxiy” o‘z xizmat haqini yanada arzonlatdi
Xitoy¸ Turkiya va boshqa davlatlardan import mollarini O‘zbekistonga olib kirishni 2017 yil yanvar oyidan boshlab to‘xtatib qo‘ygan “Abu Saxiy” shirkati o‘tgan oydan o‘z kargo xizmatini qayta tikladi. Ozodlik suhbatlashgan “Abu Saxiy” mijozlariga ko‘ra¸ marhum prezident Islom Karimovning kuyovi Timur Tillaevga qarashli bu shirkat nafaqat o‘z faoliyatini qayta tiklagan¸ balki xizmat narxini o‘tgandagiga nisbatan arzonlatgan ham.