"Aytilayapti, gapirilayapti, lekin tahlil yo‘q, natija yo‘q"
Qanchadan-qancha diniy tazyiq bilan yurtimizni tashlab chiqqan oilalar bor. Ularning qari onalari, buvilari huvillab qolgan uylarda farzandlarini, qizlarini, nevaralarini sog‘inib, devonasifat bo‘lib, sog‘inch she’rlar to‘qib, xirgoyi qilib yurganlari qancha! Bularni o‘ylaydiganlar bormi?