Mirziyoev unga yetkazilmaydigan xabarlarni Ozodlikdan o‘qishini tan oldi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisning quyi parlamentida o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida palatalar, siyosiy partiyalar faoliyatini tahlil qilar ekan, qabul qilingan qonunlarning ishlamayotganini, deputatlarning beparvoligini tanqid qildi. Prezident tibbiyot sohasidagi kamchiliklarni ayta turib, bunga misolni Ozodlik veb saytida e’lon qilingan maqoladan iqtibos o‘qib berdi. Majlisda prezident har ertalab Internetga kirishini va deputatlar bilmagan ishlardan xabari borligini aytdi.