O‘zbekistonda 5 mingdan ortiq imom "suhbat"dan o‘tkazildi
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi mamlakatda ishlayotgan 5 mingdan ortiq imom va imom noibini birma-bir suhbatdan o‘tkazdi. Idoradan olingan ma’lumotga ko‘ra, suhbat imomlarning ilmiy darajasini aniqlab qo‘yish uchun o‘tkazilgan, darajasi past imomlarga chora ko‘rilmaydi. Ammo, buni attestatsiya, deb atagan viloyat imomlari, aslida, avvalo imomlarning ijtimoiy-moliyaviy ahvolini o‘nglash lozim, demoqda.