Mirziyoev doriga oid kuzgi qarori oqibatlarini bartaraf etish uchun yangi qaror imzoladi
O‘zbekiston prezidenti 17 iyul kuni aholini arzon dori bilan ta’minlashga oid yana bir qaror chiqardi. Shavkat Mirziyoev bundan qariyb 9 oy muqaddam, 2016 yilning 31 oktabrida ham xuddi shu sohaga oid qaror qabul qilgan va so‘nggi oylarda mamlakat farmatsevtika bozorida ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari taqchilligi yuzaga kelgan edi.