Hollandiyada Donbassdagi aviahalokat qurbonlari xotirlandi
Dushanba kuni Hollandiyada Ukraina sharqida qulagan uchoq qurbonlari xotirasiga yodgorlik majmuasi ochildi. Uch yil muqaddam Malayziya havo yo‘llariga qarashli Boeing-777 yo‘lovchi uchog‘i Donetsk ustidan uchib ketayotgan paytda urib tushirilgandi. O‘shanda uchoq bortidagi qariyb 300 kishining hammasi nobud bo‘lgandi.