World News in Uzbek

“O‘zbekiston 24” o‘z ishini Mirziyoev tug‘ilgan kunda boshladi

Aholiga ob’ektiv va ishonchli xabar yetkazish vazifasi yuklatilgan yangi “O‘zbekiston 24” telekanalining birinchi ish kuni uni tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni bundan qariyb 3 oy muqaddam imzolagan prezident Mirziyoevning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri keldi. Birinchi kuni efirga uzatilgan ilk informatsion dastur prezident Mirziyoev nomiga kelgan tabriknomalar ro‘yxatini o‘qish bilan boshlandi.

Читайте на сайте