Do‘konlari tovarlari bilan buzib tashlangan sho‘rchilik tadbirkorlarga tovon to‘lanmadi (VIDEO)
Surxondaryo viloyat, Sho‘rchi tuman dehqon bozoridagi 70 nafardan ortiq tadbirkorning do‘konlari 10 iyunga o‘tar kechasi qurollangan maskali militsiya xodimlari himoyasida buldozer bilan buzib tashlandi.Tadbirkorlarning Ozodlikka aytishicha, ularga do‘konlarning buzilishi haqidagi ogohlantiruv rasmiy xati oradan bir oy o‘tgandan so‘ng pochta orqali kelgan.