Yoshlar tadbirida bir guruh qiz hijobini yechdi
Surxondaryo viloyati Muzrobod tuman “Gulobod” mahallasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tarafidan 29 iyul kuni o‘tkazilgan tadbirda bir guruh qiz namoyishkorona hijobini yechgan. Viloyat mulozimlari o‘tkazilgan tushuntirish ishlari natijasida qizlar o‘z xohishi bilan hijobidan voz kechganini ta’kidlashdi.