World News in Uzbek

Qurultoy: Kollejga xayr deyish taraqqiyotga xayr deganimi?

O‘zbekiston prezidentining 2 avgust kungi videoselektorda aytgan gapi Qurultoy eshittirishi ishtirokchilariga ko‘ra, kollejlar ustidan qora chiziq tortdi.

«11 yillik ta’lim yetarli hisoblansada, biz yoshlarni ortiqcha bir yil o‘qitganmiz. Buning oqibatida yoshlar bir yil yo‘qotmoqda va katta hayotga kirib kelishda bir yilga kechikmoqda», dedi prezident 11 yillik o‘rta ta’lim tizimini joriy etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida qilgan va’zida. Shu bilan birga prezident “kollejlardan bo‘shagan o‘qituvchilar yuz foiz ish bilan” ta’minlamnishiga ham va’da berdi. Preizdentga ko‘ra¸ ular “Maktabga bormasa, boshqa joyga” ishga olinadi. Ammo boshqa joy qaerligiga aniqlama kiritilmadi. Videoselektordan chiqadigan hulosa O‘zbekiston : 11 yillik umumta’lim tizimiga qaytadi.

Qurultoy qatnashchilari hulosasiga ko‘ra¸ 11 yillik umumta’lim tizimiga o‘tish O‘zbekistonni qoloq davlatlar safiga qo‘shadi.

Читайте на сайте