"Televideniening eng katta rejissyori Oqsaroyda o‘tiribdi"
O‘zbekiston prokuraturasini anchadan buyon Ozodlikdagi chiqishlarida tanqid qilib kelayotgan jurnalist Sharof Ubaydullaev bilan, u kishi Qo‘qondan Toshkentga ketayotgan paytda, bog‘landik. Suhbatdoshimiz Qo‘qonda bo‘lib o‘tayotgan bir sud ishida qatnashib qaytayotgani ma’lum bo‘ldiki, uning hikoyasiPrezident Mirziyoevning mamlakat prokurorlariga bildirgan e’tirozlariga yorqin illyustratsiya bo‘lishi mumkin.