Pasport ololmayotgan Jamshid Karimov och-nahor qoldi
O‘zbekistonda ruhiy kasalliklar shifoxonasida sal kam 11 yil majburiy va yashirin saqlangan jurnalist Jamshid Karimov ozod etiliganidan olti oy o‘tib ham unga pasport berilmayapti. Marhum prezident Islom Karimovning jiyani bo‘lgan Jamshid Karimov Ozodlik bilan suhbatda pasport olishga yordam so‘rab mamlakatni hozirgi prezidenti Shavkat Mirziyoev portaliga yozgan murojaatlari ham javobsiz qolayotganini aytdi.