Mirziyoev tanqididan keyin Toshkent to‘ylarini ixchamlashtirish boshlandi
Prezident Mirziyoev o‘zbek to‘ylarini tanqid qilganidan so‘ng Toshkent shahar hokimligi to‘ylarni isloh qilishga kirishdi. Endilikda dabdabali to‘ylarga chek qo‘yilib, mehmonlar soni 300dan oshmasligi belgilandi. Yangi tartibga ko‘ra, kelin sepiga xorijning qimmatbaho mebellari emas, kitoblar beriladi.