"O‘zbekiston24" telekanali ilk bor piramidachi Ahmadboy sudidan lavha tayyorladi
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston24” telekanali Chinoz tumanida moliyaviy piramida qurib, o‘n minglab odamni aldaganlikda ayblanayotgan Ahmadboy Tursunboev va yana 6 shaxs ustidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida o‘tayotgan mahkamadan reportaj tayyorladi. Mahkamaning 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchinchi majlisidan tayorlangan videolavhada Ahmadboy temir qafas ortida o‘tirgan yetti nafar sudlanuvchi orasida oq kuylakda ko‘rindi.