Iroq harbiylari Talafarni IShIDdan ozod qilishga kirishdi
Iroq bosh vaziri Haydar al-Abodiy mamlakat armiyasi Talafar shahrini “Islom davlati” jangarilaridan ozod etish amaliyotini boshlab yuborganini bildirdi. Talafar jangarilar boshqaruvida qolayotgan sanoqli hududlarning biridir.