World News in Uzbek

Bosh prokuratura Rossiyadan Gulnora Karimovaning mulklarini hibsga olishni so‘radi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Rossiya hukumatidan Gulnora Karimovaning ko‘chmas mulklarini hibsga olishni so‘rab murojaat qilgani to‘g‘risida «Interfaks» agentligi Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib xabar qildi. "Rossiya Bosh prokuraturasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan Gulnora Karimova jinoiy ishi bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish haqida so‘rov keldi. Unda ko‘chmas mulk ob’ektlarini hibsga olish so‘ralgan", - deyilgan xabarda.

Читайте на сайте