To‘ytepadan nariga o‘tolmagan senatorlar o‘zbekni To‘ytepasiz qoldirdi (Blog)
Bugun ertalab Internetni ochiboq “dod” devordim. Chindan ham ovoz chiqarib “dod” dedim. Nimaymish, 25 avgust kuni Oliy Majlis Senati To‘ytepa shahrini Nurafshon shahri, deb o‘zgartiribdiymish. Senatorlar majlisni boshlabdilaru darhol yeng shimarib To‘ytepani Nurafshonga aylantirishibdi. Hayot-mamot masalasi bo‘lsa kerakda, bu masala?! To‘ytepa degan nomda nur ozroq bo‘lsa kerakda?! Yoki o‘zbekning chistoplyuy senatorlariga To‘ytepa qishloqicha nom ko‘rindimi?