World News in Uzbek

Xorazmda tadbirkorlarga “Nuroniylar maskani” solig‘i solindi

Xorazm viloyatining har bir tumanida “Nuroniylar maskani” qurilishiga mahalliy tadbirkorlar mablag‘ o‘tkazishga majbur qilindi. Viloyatdagi xususiy do‘kon va dorixona egalarining Ozodlikka aytishicha, viloyat hokimligi ulardan maskanlar qurilishi uchun, daromadiga qarab, 4 million so‘mdan 10 million so‘mgacha soliq solgan, pul o‘tkazmagan tadbirkorlarning bank hisobi muzlatilishi haqida ogohlantirgan. Viloyat hokimligidagilar bu jarayonning “ko‘ngilli” tarzda o‘tayotganini iddao qildilar.

Читайте на сайте