Mirziyoev borib ko‘rgan korxona davlatga tortib olinish tahdidi ostida ishlamoqda
“Qashqadaryo dori-darmon” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining Ozodlikka ma’lum qilishicha, ularning aksiyalarini sud orqali davlat foydasiga musodara qilish xavfi paydo bo‘lgan. Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining viloyat boshqarmasidan olingan m’lumotga qaraganda, “Qashqadaryo dori-darmon” ustidan bir fuqaro shikoyat yozgan va uning arizasi ko‘rib chiqish uchun tilga olingan qo‘mitaga yuborilgan.