O‘zbekiston Mustaqilligi kuni kuchaytirilgan xavfsizlik choralari sharoitida nishonlandi
1 sentabr kuni Toshkentning 20 ta xiyobon va maydonida Mustaqillik bayrami munosabati bilan xalq sayllari bo‘lib o‘tdi. Mahalliy nashrlarga ko‘ra, poytaxt militsiyasi tomonidan jamoat xavfsizligini kuchaytirilgan tartibda ta’minlash choralari ko‘rildi. Bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadigan ko‘chalar kirishiga beton bloklar ikki kun avval olib kelinib, maxsus kranlar yordamida o‘rnatilgan.