Tadbirkorlardan paxta terimida qatnashish uchun tilxat yozdirib olinyapti
Toshkent viloyati Bekobod shahridagi tadbirkorlardan paxta terimida ishtirok etish majburiyati bitilgan tilxat yozdirib olinyapti. Bu haqda xabar bergan tadbirkorlarning aytishlaricha, ular paxta terimiga o‘zlari yoki o‘rniga mardikor yollab chiqarishi kerak. Ayni paytda, viloyatning Angren shahridagi bog‘cha va maktablar tarbiyachi va o‘qituvchilari ham paxta terish uchun o‘rniga odam topish haqida ogohlantirilgan.