Mirziyoevning Bishkekka tashrifi. Muhokama qilinadigan masalalar va kutilayotgan natijalar (FOTO)
Prezident Shavkat Mirziyoev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoevani hamkasbi Almazbek Atambaev "Manas" aeroportida rafiqasi Raisa Atambaeva bilan birga kutib oldi. Mirziyoevning 5-6 sentabr kunlariga mo‘ljallangan davlat tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasidagi chegaraning 1170 kilometri aniqlanib bo‘lingani to‘g‘risidagi oraliq shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Chegarani aniqlash jarayonida O‘zbekiston Qirg‘izistonga 476 gektar, Qirg‘iziston O‘zbekistonga 241 gektar yer bilan almashindi.