World News in Uzbek

Federika Mogerini noyabrda O‘zbekistonga safar qiladi

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha vakili Federika Mogerini joriy yilning noyabrida O‘zbekistonga safar qiladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Peter Burian Ozodlik radiosiga bergan suhbati davomida bayonot berdi. Burianga ko‘ra, safar davomida Ittifoq vakilining O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan uchrashishi kutilmoqda. Bu uchrashuvda Yevropa Ittifoq-O‘zbekiston hamkorligi masalalari muhokama qilinadi.

Читайте на сайте