World News in Uzbek

O‘zbekiston chegarasining ochilgani Qirg‘iziston prezidentligiga nomzodlar uchun qo‘l keldi

O‘zbekiston bilan chegaralarning ochilishi Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi targ‘ibotida qo‘llanilayotgan asosiy mavzulardan biriga aylandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning 5-6 sentabr kuni Bishkekka qilgan tashrifi ortidan O‘sh va Andijon o‘rtasidagi “Do‘stlik” chegara o‘tkazish punktining ochilishi Sotsial demkoratlar partiyasidan prezidentlikka ko‘rsatilgan sobiq bosh vazir So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovning saylovoldi targ‘ibotida qo‘l keldi.

Читайте на сайте