Olotda aholi sasigan hovuz suvidan ichishga majbur bo‘lmoqda
Buxoro viloyat, Olot tuman, Ko‘l Chovdur mahallasida yuzga yaqin xo‘jalik uch oydan buyon "sasigan hovuz suvidan ichishga majbur bo‘lmoqda". Bu haqda Ozodlikka xabar bergan mahalla faollariga ko‘ra, sug‘oriladigan tomorqalar ham bu yil suvsizlikdan umuman hosil bermagan. Mahalla aholisining ichimlik va sug‘orish suvi bilan ta’minlashni so‘rab, hokimiyat idoralariga yo‘llagan arizalari javobsiz qolmoqda.