Besh yil oldin yopilgan So‘x-Rishton yo‘lining ochilishi kutilmoqda
Ozodlikka kelgan xabarga ko‘ra¸ oddiy so‘xliklar orasida 2013 yil yanvarida yopilgan So‘x-Rishton yo‘lining qayta ochilgani ovoza tarqagan. Farg‘ona va Botken viloyati rasmiylari esa¸ bu yo‘l bo‘yidagi chegara punktlarining yaqin kelajakda ochilishi kutilayotgani¸ shu maqsaddagi muzokaralar barobarida¸ chegara-o‘tkazish punktlarida texnik ishlar olib borilayotganini bildirdilar.