"Yoshlar ittifoqi" tashkilotchisi paxtadan qaytayotib avtobus tagida qoldi
Jizzax viloyat, Sharof Rashidov tuman, "Uch tepa" dahasidagi 32- maktabida Yoshlar ittifoqi tashkilotchisi bo‘lib ishlaydigan 39 yashar Gulzoda Tojiboeva paxtadan qaytayotganida avtobus tagida qolib o‘ldi. Voqea guvohi bo‘lgan uchtepalik o‘qituvchining Ozodlikka aytishicha¸ Gulzoda Tojiboeva tergan paxtasini topshirib uyiga qaytayotgan paytda yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Voqea yuzasidan Rashidov tuman IIB tarafidan jinoyat ishi ochilgan.