Tilxatlar reytingi - talabalar "paxtani og‘zimga solmayman" deb tilxat yozmoqda
O‘zbekistonda majburiy mehnatga barham berilayotgani to‘g‘risida turli minbarlardan aytilayotgan gaplar ko‘payayotgani barobarida shunday mehnatga majburlanayotganlar, xususan, talabalardan “paxtaga o‘z xohishim bilan chiqaman”,"tolani og‘zimga solmayman"¸"chanoqda qoldirmay toza teraman" degan mazmunda tilxat olish holatlari ham ko‘paymoqda.