Muborak gazni qayta ishlash zavodidagi portlash oqibatida uch odam o‘ldi
Qashqadaryo viloyatidagi Muborak gazni qayta ishlash zavodida 20 sentabr kuni ro‘y bergan portlash oqibatida o‘lgan va jarohatlanganlarning barchasi¸ voqea guvohlarining Ozodlikka aytishicha, montaj-ta’mirlash ishlari olib borayotgan ishchilardir. Portlashga texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani sabab bo‘lgani taxmin etilmoqda.