Nurullo Otaxonov kitobida ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib etganlikda gumonlanmoqda
Turkiyadagi muhojirotdan vataniga qaytgach Toshkent aeroportida ushlangan yozuvchi Nurullo Otaxonov (Nurulloh Muhammad Raufxon) "Bu kunlar" nomli asarida ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib etganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda 63 yashar adibning turmush o‘rtog‘i Gulnora Otaxonovaga Toshkent shahar Yashnobod tumani IIB tergovchilari ma’lum qilgan.