Toshkentdagi Singapur institutida ro‘mollilar o‘qishga qo‘yilmayapti (FOTO)
Toshkentdagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti talabalari hijobini echmagani, ro‘molini orqadan o‘ramagani bois, 1 haftadirki o‘qishga qo‘yilmayapti. Yaqinlarining aytishicha, institut ma’muriyati ichki tartibga asoslanib, qizlardan ro‘molini orqadan o‘rashni talab qilmoqda. Institutning Toshkentdagi rahbariyati taqiq borligini tasdiqladi, ammo sabablarini izohlamadi. Diniy idora rahbariyati esa, bu kabi shikoyatlarga yechim izlanayotganini bildirdi.