Farg‘onada talaba yigitni geylikda ayblab tahqirlashdi
Bir necha yigit boshqa bir yigitni geylikda ayblab jazolayotgani aks etgan video 29 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ozodlik videoda aks etgan voqea 2 oy avval Farg‘ona shahrining Qirguli mavzesida sodir bo‘lganini aniqladi. Farg‘ona viloyat huquq-tartibot organlaridan birining mulozimi mazkur voqea yuzasidan jinoyat ishi ochilib, zo‘ravonlikni uyushtirgan va amalga oshirgan 4 shaxs qo‘lga olinganini Ozodlikka ma’lum qildi.