Tojikistonda aliment to'lamaganlar jinoiy javobgarlikka tortiladigan bo‘ldi
Tojikiston adliya vazirligiga ko‘ra, mamlakatda 65 mingga yaqin aliment to‘lashdan bosh tortayotgan shaxs bor. Bu vaziyatga chek qo‘yish uchun 2 oktabrda Tojikiston Oliy Majlisining quyi palatasi Jinoyat kodeksiga o'zgartishlar kiritishni ma’qulladi. Agar oldin aliment to'lashdan bosh tortgan odamlarga nisbatan shartli qamoq jazosi yoki jarimaga qo‘llanilgan bo‘lsa, endi ularga qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.