Uchtadan bola boqib olgan ikki onani Shirin hokimi yordam bermay haydab soldi
Sirdaryo viloyatining Shirin shahridan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan 72 yashar Muhabbat Sultonova shahar hokimi haqoratli so‘zlar bilan uni hokimiyatdan quvib chiqarganini iddao qildi. Uch bolani boqib olgan onaxonning aytishicha, u farzandlariga uy so‘rab hokimga murojaat qilgan edi.