Vladimirdagi avtohalokatda o‘lgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati e’lon qilindi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida 2017 yilning 6 oktabrida Rossiyaning Vladimir viloyatida sodir bo‘lgan avtohalokatda nobud bo‘lgan va jarohat olgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati e’lon qilindi. Hozirga qadar avtobusda o‘lganlardan 14 kishining shaxsi aniqlangani ma’lum.