“Prezidentning yangi farmoni fermer ustidan nazoratchilarni ko‘paytiradi!”
Prezident Shavkat Mirziyoevning fermer¸ dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatiga oid 9 oktabr kungi yangi farmoniga munosabat bildirgan o‘zbekistonlik fermerlar fikricha, bundan buyon fermerning hayoti yanada og‘irlashadi. Fermerlar Bosh vazir sifatida 13 yil qishloq xo‘jaligi sohasini bevosita boshqargan Mirziyoevning so‘nggi farmonidan bu tarmoqni falaj qilib kelayotgan fundamental muammolar yechimiga eltuvchi asos topmaganlarini afsus bilan qayd etishdi.