Andijon hokimining mashinasi avariyaga uchradi, ikki kishi jarohatlandi
Andijonda shahar hokimining Chevrolet Captiva xizmat mashinasi ishtirokida 8 oktabr kuni ro‘y bergan yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida ikki kishi jarohatlandi. Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, shahar hokimi Dilshod Rahmatullaevning Chevrolet Captiva avtomobili qarshi tomondan kelayotan Chevrolet Cobalt mashinasi bilan to‘qnashgan.