"Dollar oshdi, narx oshdi, menday yolg‘izlarning pensiyasi oshmadi"
Toshkent shahrining Yunusobod tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan 67 yashar yolg‘iz pensioner Shuhrat Maqsudovning shikoyat qilishicha, narx-navolarning ortishi ortidan faqat pensiyaga kun ko‘radigan qariyalar qiynalib qolgan.