World News in Uzbek

Qozog‘iston Qirg‘iziston bilan chegarasidagi nazoratni kuchaytirdi (VIDEO, FOTO)

10 oktabr, soat 18:00 dan boshlab Qozog‘iston chegarachilari qozoq-qirg‘iz chegarasidan o‘tayotgan transportni va yo‘lovchilarni tekshirishni kuchaytirdi. Natijada chegarada odamlar va transport vositalari tirbandligi yuzaga keldi. Rasmiy Ostona chegaradagi vaziyatni hozircha sharhlagani yo‘q. Chegarada soatlab navbat kutib turgan yo‘lovchilarning aksariyati nazorat kuchaytirilganini prezident Nazarboevning sha’niga hamkasbi Atambaev kuni kecha aytgan tanqidiy fikrlarga javob, deb baholamoqda.

Читайте на сайте