Banklar Toshkentdagi bankomatlar ishlamay qolgani uchun sovuqni aybladi
Ishga tushirilganidan ikki oy o‘tib-o‘tmay¸ Toshkentdagi o‘nga yaqin bankomat ishdan chiqa boshlagan. Bankomatlarning haftasiga ikki-uch kun ishlab, qolgan kunlari “texnik sababga ko‘ra" ishlamay qolayotganini izohlagan "Qishloq qurilish banki" xizmatchisi bunga havo haroratining sovishi sababchi bo‘lganini bildirdi.