O‘zbeklarni qutqaringlar paxta ofatidan!!!
Ozodlikka Sirdaryoning Sayxunobod tumanidagi paxta dalasidan maktub yozgan farg‘onalik "paxtakor"¸ Shavkat Mirziyoevning BMT minbaridan turib O‘zbekistonda majburiy mehnatga barham berildi¸ degan gapi yolg‘onligini o‘z hikoyasi vositasida BMTga yetkazishni so‘ragan. Muallif¸ kuni-kecha ichki ishlar xodimlari hamrohligida asosan vodiydan voha dalalariga poezdda yuborilgan 30 mingdan oshiq davlat xizmatchisidan biridir.