Marhum prezidentning qayinjiyani Akbarali Abdullaev Ukrainadan g‘oyib bo‘ldi (VIDEO)
Ukraina qochqin maqomi bergan Akbarali Abdullaev¸ Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ bu mamlakatni tark etgan. Ukraina Migratsiya xizmati Abdullaevga qochqin maqomini joriy yilning 14 iyunida bergan edi. O‘zbekiston tomonidan og‘ir moliyaviy jinoyatlar¸ xususan¸ davlatga qariyb 1 milliard dollar ziyon yetkazganlikda ayblanib¸ Ukrainadan ekstraditsiyasi so‘ralgan Abdullaevning hozirda qaysi mamlakatda ekani ma’lum emas.